“Milliy libos va qadriyatlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar orasida milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning tarixiy ildizlari, ramziy ma’nosi hamda xalqimizning boy madaniy merosidagi o‘rni haqida keng tushuncha berishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida milliy liboslar orqali aks etadigan urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar xususida atroflicha fikr almashildi.

Talaba-yoshlar davra suhbatida faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati yoshlarning milliy o‘zlikni anglashini mustahkamlash, milliy liboslar va qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
UrDPIda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
"Vatanparvarlik karvoni"
Namangan davlat texnika universitetida sport bilan muntazam shug'ullanuvchi talabalar ta'tilda ham faol
TTJlar to‘liq tayyor, talabalarni kutib olish shtabi ish boshladi
UrDPIda qishki ta’tildan so‘ng talabalar turar joyi qayta jonlanmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi