Milliy libos kuniga bag‘ishlangan “Fashion Show 2025”

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti koordinatori Sharofiddinova Shaxlo hamda Special Alliance Student Group tashabbusi bilan talabalar ishtirokida yorqin, ijodiy va yuqori kayfiyatda o‘tgan “Fashion Show 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir aynan "Milliy libos" kuni munosabati bilan tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida milliy madaniyatga hurmat, ijodkorlik, sahna madaniyati hamda moda va dizayn yo‘nalishlaridagi iste’dodlarni rivojlantirish, ularga o‘z qobiliyatini keng ommaga namoyish etish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi.
"Fashion Show 2025" davomida:
— Milliy kuy va raqslar bilan boyitilgan sahna chiqishlari,
— Talabalar tomonidan yaratilgan o‘ziga xos milliy liboslar taqdimoti,
— Hakamlar hay’atining professional baholari,
— Eng hayajonli taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Filologiya fakulteti koordinatorlari tomonidan tashkil etilgan bunday ijodiy va motivatsion loyihalar yoshlarda milliy madaniyatni rivojlantirish va ijodiy salohiyatni oshirishga qaratilgan izchil faoliyat sifatida davom ettiriladi.
So'nggi yangiliklar
Milliy libos kuniga bag‘ishlangan “Fashion Show 2025”
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!
Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng go‘zal qasidasi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boʻlimi 1-bosqich talabasi MIRZAJONOVA SADOQATXON bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
O‘zMU Jizzax filialida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi