Loading...

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!” mavzusida ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi rahbari, O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi deputati Nigora Sadinova, Samarqand shahar “Marhabo” MFY raisi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Anjelika Saradjanova, institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

     

Ochiq eshiklar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi.

Tadbirni institut rektori Shahzoda Negmatova kirish so‘zi bilan ochib berib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olish bo‘yicha tizimli yondashuvning ahamiyati hamda korrupsiyaga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng tadbir mehmoni Nigora Sadinova so‘zga chiqib, korrupsiya illatining oqibatlari va unga qarshi kurashishning dolzarbligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

       

Tadbir davomida SamDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish — “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodov 2025-yil davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar, o‘tkazilgan tanlovlar va yillik faoliyat bo‘yicha hisobotni taqdim etdi.

Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.