Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng go‘zal qasidasi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Davlat madhiyasini birgalikda ijro etamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Akademiya jamoasi birgalikda ijro etishdi.

Shundan so‘ng Akademiya rektori so‘z olib, davlat ramzlari insonda vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jon-u dildan sevishga undovchi muhim vosita ekanini e’tirof etdi.

Mazkur tadbirning maqsadi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanini targ‘ib etishdan iborat ekani ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida sport tadbirlari o‘tkaziladi.
So'nggi yangiliklar
Milliy libos kuniga bag‘ishlangan “Fashion Show 2025”
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!
Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng go‘zal qasidasi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boʻlimi 1-bosqich talabasi MIRZAJONOVA SADOQATXON bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
O‘zMU Jizzax filialida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi