Loading...

Toshkent shahar Olimpiya shaharchasida joylashgan yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasida bo'lib o'tgan Kurash bo‘yicha Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o’rtasida “O‘zbek polvoni” Respublika birinchiligining g'olib va sovrindorlari aniqlandi.

 Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada ayollar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boʻlimi 1-bosqich talabasi MIRZAJONOVA SADOQATXON bronza medalini qoʻlga kiritdi.