Loading...

O‘zMU Jizzax filialida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish, talabalarda halollik, adolat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

          

Tanlovda filialning turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etishmoqda. Ishtirokchilar korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, halollikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shaffoflik va adolat g‘oyalari asosida turli mavzulardagi badiiy tasvirlar orqali o‘z qarashlarini ifodalamoqdalar.

           

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini kuchaytirish, ularni ongli ravishda halollik g‘oyasiga yo‘naltirish hamda san’at vositasida ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.