Samarqand davlat universiteti talabasi Jahon chempionatida tarixiy natijaga erishdi!
Serbiyaning Nish shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Samarqand davlat universiteti talabasi Navbahor Hamidova 66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qildi.
Navbahor final bahsida Olimpiya va Jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga qarshi ringga chiqib, murosasiz kurash olib bordi. Garchi u hal qiluvchi jangda raqibiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, kumush medalni qo‘lga kiritib, o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi. U kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan ilk o‘zbekistonlik bokschi qiz sifatida tarixiy natijaga erishdi.
Bu muvaffaqiyat nafaqat Navbahor Hamidova uchun, balki butun O‘zbekiston xalqi uchun katta yutuq bo‘ldi.
So'nggi yangiliklar
FarDU delegatsiyasi a’zolari Gruziyada O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi taqdimotiga bagʼishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar
1-aprel - Xalqaro qushlar kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, avtomobil sohibasiga aylandi!
“O‘qituvchilik kasbini tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman”
Transport universiteti talabasi TOP20 Ekofaol yoshlar qatorida
Yurtimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazi ochilmoqda