Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

      Institutda yangi startap loyiha ish boshladi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti iqtidorli talabasi Qodirqulova Fotima Ulug‘bek qizining “Lentil chips - sof va tabiiy mahsulot” startap loyihasi o‘z faoliyatini boshladi.
    Ushbu startap loyiha joriy yilda Samarqand viloyat hokimi tashabbusi bilan  respublikamizning barcha yoshlarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Startap loyihalar tanlovi”da  moliyalashtirishga tavsiya etilgan va ushbu loyihani qo‘llab quvvatlashi va amalga oshirishi uchun Samarqand viloyati Asaka bank AJ ga biriktirilgan edi. 
    Ushbu startap loyihani kichik hajmda tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish maqsadida institut hududidan alohida xona ajratilib kerakli jihoz va vositalar bilan jihozlandi.
    O‘zbekiston Respublikasida ilk bor antioksidant va vitaminlarga boy boʻlgan dukkakli don ekinlaridan biri boʻlgan yasmiq oʻsimligi donini qayta ishlab,  inson organizmi uchun xavfsiz boʻlgan ekologik sof toza va tabiiy lentil chips mahsulotlarini ishlab chiqish startap loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.