Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Toshkent davlat stomatologiya instituti Xitoyning Sinol Dental Limited korxonasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

    Toshkent davlat stomatologiya instituti delegatsiyasi Xitoyning stomatologik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonasining bosh direktori Tiang Geng bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

    Muzokaralar davomida korxonaning faoliyati o‘rganilib hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, stomatologik asboblar, ta’lim muassasalari uchun simulyatsion uskunalar ishlab chiqarishni tashkillashtirish masalalari muhokama qilinib muhim kelishuvlarga erishildi hamda hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Ma’lumot uchun: Sinol Dental Limited 500ga yaqin turdagi stomatologik asbob-uskunalar ishlab chiqarib eksport qiluvchi yetakchi tashkilot bo‘lib yiliga 10.000  stomatologik kreslo ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    Korxona 50ta yuqori texnologik ishlanma va ixtiroga patent olgan hamda ishlab chiqarishda 60 yillik tajribaga ega.