Pokiston elchisi O‘zJOKUda
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Pokiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Axmad Faruk tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida elchi universitet binosi, Axborot-resurs markazi, tele va radio studiyalari bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Rektor, prof. Sherzodxon Qudratxo'ja bilan muzokaralarda esa O‘zJOKU va jurnalistika fakultetlarini o‘z ichiga olgan Pokiston universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalarning “exchange” dasturlari bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
So'nggi yangiliklar
Ochiq muloqot
Institutda yangi startap loyiha ish boshladi
Institutimizda "Talabalar kino kunlari" bo'lib o'tdi
Rektor qabulida
Toshkent Davlat stomatologiya instituti Xitoyning Sinol Dental Limited korxonasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi
Qarshi davlat universitetida “Ziyolilar bog‘i” barpo etildi