Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan fakultetida talaba-yoshlar orasida turli yot g‘oyalarga aldanib qolish, diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlikni oldini olish, ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbati Roman-german va slavyan fakulteti dekan o‘rinbosari B.Botirov hamda institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayevlar tomonidan tashkil qilindi. Unda Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyati bo‘limi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida talaba-yoshlar tomonidan turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolish holatlari kuzatilayotgani, diniy aqidaparastlikning turli ko‘rinishlari, bugungi kunda yurtimizda taʼlim olish, ilm egallashga yaratib berilgan imkoniyatlar hamda ulardan unumli foydalanish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
So'nggi yangiliklar
UrDPIda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
"Vatanparvarlik karvoni"
Namangan davlat texnika universitetida sport bilan muntazam shug'ullanuvchi talabalar ta'tilda ham faol
TTJlar to‘liq tayyor, talabalarni kutib olish shtabi ish boshladi
UrDPIda qishki ta’tildan so‘ng talabalar turar joyi qayta jonlanmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi