Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    #Muloqot

    UNIVERSITETDA TALABALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR VA IMKONIYATLAR — OTA-ONALAR NIGOHIDA

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov bugun Qishloq xo'jaligi fakulteti 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashib, ularni universitetda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.

        

    2024/2025-o‘quv yilida mazkur fakultetga   218 nafar kunduzgi talabalar qabul qilingan bo‘lib, ayni paytda kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlarda jami ming nafarga yaqin talaba tahsil olayapti.

       

    Talabalarning yaqinlaridan kelib tushgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar, to‘lov-kontrakt masalalari bo‘yicha savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Mazkur uchrashuv kelgusida universitet va ota-onalar hamkorligini kuchaytirib, talabalarning sifatli bilim olishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

     

    © NDKTU Matbuot xizmati