Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun konsert dasturi tashkil qilindi!

    Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi nazariy hamda amaliy darslar bilan davom etmoqda. Kurs haqida tinglovchilarning fikrlari ham ijobiy.

    Joriy yilning 5-iyun kuni Talabalar media va ijtimoiy madaniyat maskanida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustozlari Mardonbek Yusupboyev va Boburjon Asqarov hamda markaz xodimi Shahobiddin Baratov tomonidan ko‘ngilochar, madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda jonli ijroda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi