Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Tyutorlarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi

    Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilariga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

     

    Tadbirni markaz direktori Ravshanbek Xudayberganov ochib berib, tashkil etilgan malaka oshirish kursi, uning natijalari va kurs tinglovchilarining bugungi erishgan natijalari bilan tabriklab, kurs davomida olingan bilimlar kelgusida ularning tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun zaruriy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

     

    So‘ngra kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar markaz direktori va direktorning 1-o‘rinbosari Fozil Farhodov tomonidan topshirildi.

    Taqdirlash yakunida kurs tinglovchilari o‘zlarini kurs haqidagi fikrlarini bildirib, mazkur malaka oshirish kursi ularga tyutorlik faoliyatini tashkil etishda juda katta uslubiy yordam berganligini, kursda olingan bilimlar kelgusida oliy taʼlim muassasalaridagi talaba-yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirishni yangi tizimini amalga oshirishga amaliy yordam berishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.