Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda!

    Bugun Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini samarali ta’minlash metodlari, kitobxonlikni targ‘ib etish va adabiy badiiy jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

       

    Bundan tashqari markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev tomonidan “Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” mavzusida tyutorlar uchun dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

      

    Tyutorlar uchun tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish darslari nazariy hamda amaliy darslar bilan davom etmoqda. Bugungi amaliy seminar mashg‘uloti interaktiv usullar orqali yuqori kayfiyatda tashkil etildi.