Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi
Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning muammolari bilan ishlash, oliygohdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markaziga tashrif buyurib, tyutorlarning malaka oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida vazir o‘rinbosari malaka oshirish kursi tinglovchilari-tyutorlar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlarining borishi, kursga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar salohiyati yuzasidan suhbatlashdi, shuningdek, tyutorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning pedagogik maqomini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
So'nggi yangiliklar
Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Malaka oshirish kursining navbatdagi tinglovchilari kursni muvaffaqiyatli tamomladi
Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun konsert dasturi tashkil qilindi!
Tyutorlarining kurs haqida fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Tyutorlarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi
Tyutorning bir kuni