Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

            Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

    Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yana-da yuksaltirishdan iborat.
    

    Bugungi kun tyutorlari faol bo‘lib, oliygohlarda talabaning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashyapti. Ularning shaxsiy rivojlanishi va kasbga yo‘naltirish, shuningdek, muammo hamda kamchiliklarini o‘rganib, milliy g‘oya hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalamoqda.