Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Malaka oshirish kursining navbatdagi tinglovchilari kursni muvaffaqiyatli tamomladi!

    Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 1-6-iyul kunlari Toshkent shahri va viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

    

    Mazkur malaka oshirish kursida oliy ta’lim muassasalarning 40 dan ziyod tyutorlari ishtirok etishdi va 8-iyul kuni kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida malaka oshirish kursida erishilgan natijalar, kurslardan olingan yangi bilim va tavsiyalar haqida tyutorlar tomonidan ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi va ularning kelgusi ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilandi.