Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida bo'lib turibdi

    

    Bugun, 31-yanvar kuni Andijon davlat universitetida respublika ishchi guruhi a'zosi R.Xudayberganov Andijon viloyatidagi davlat oliy ta'lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha hamda O'quv ishlari bo'yicha prorektorlari ishtirokida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv o'tkazdi.

    

    Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va o'quvchilar ehtiyojidan kelib chiqib OTMlarda yangi yo'nalishlarni ochish orqali yoshlarni oliygohda qamrab olish darajasini oshirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.