Loading...

    “Jurnalistlar klubi”ni tashkil qilish yuzasidan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

    Kecha Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskanida jurnalistikaga qiziqadigan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Matbuot va media laboratoriya bo‘limi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Jurnalistlar klubi” loyihasi haqida bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Ushbu klub imkoniyatlari, faoliyat olib borish tartibi haqida tanishtirildi. Uchrashuv davomida tashkil etilayotgan klub har tomonlama samarali faoliyat olib borishi yuzasidan talaba-yoshlarning takliflari eshitildi.

    

    Takliflar orasida, jurnalistika bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarga ega talabalar o‘z tengdoshlariga bilganlarini o‘rgatish tashabbusi, o‘zaro qiziqish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mini guruhlarga bo‘linib, amaliy faoliyat olib borish, shuningdek, birgalikda yoshlar orasida saviyali, ilm-fan va odob-axloqqa chorlovchi media kontentlarni ko‘paytirish takliflari ko‘pchilikka manzur keldi.

    

    Uchrashuvga tashrif buyurganlar bilan birgalikda klubning nizomi va ish rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

    Jurnalistlar klubi guruhi ⬅️