Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Ustozlarga ehtirom

    🧑‍🏫Har bir insonning yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustozlarning o‘rni juda muhim. Ta’lim sohasida uzoq yillar mehnat qilib, oliy dargohining rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga umrini bagʼishlagan fidoiy ustozlarimizni qancha eʼzozlasak kamlik qiladi.

    

    Bugun ana shunday salohiyatli va jonkuyar ustozlarimizning holidan xabar olish hamda ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida Respublika ishchi guruh vakillari, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o'rinbosari F.Farhodov va Urganch davlat universitetining bir guruh rahbar xodimlari universitetning faxriy ustozlari, tabarruk 74 yoshni qarshilagan professor B.Ruzmetov hamda  68 yosh bilan yuzlashgan faxriy ustoz X.Tangriyevalarning xonadonlarida boʻldilar.