📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
⚡️Taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo O‘tkurovna ochib berdi. Ular o‘z nutqlarida mazkur tanlovning ahamiyati yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini ta’kidlab, tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) hamda Vazirlikning diplomlarini topshirdilar.
Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etgan tanlovning 4-5-o‘rin egalari vazir maslahatchisi Shuhrat Ataxanov tomonidan sertifikat va zamonaviy smartfonlar bilan, tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari esa Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov tomonidan maxsus sertifikat va smartfon bilan taqdirlandi.
🎙 Shundan so‘ng taqdirlash marosimi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari hamda Aziz Rajabiy, Isroil Saidumarov, Azamat Sharipov kabi elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib, barcha tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan tabriklaymiz.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!