Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    

    Talabalar shaharchasida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan harbiy parad va bayram dasturi bo‘lib o‘tadi!

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida 12-yanvar kuni soat 10:00 da Talabalar shaharchasida bayram tadbiri o‘tkaziladi.

    Harbiy parad Qurolli kuchlar akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toshkent shahridagi OTMlarning “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokida Beruniy metro bekatidan boshlanib, Universitet ko‘chasi bo‘ylab davom etib, yakunda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi binosidagi konsert dasturiga ulanib ketishi reja qilingan.

    📍Konsert dasturi o‘tkaziladigan manzil lokatsiyasi

    Tadbir davomida faxriy qorovul safi, qo‘l jangi va jangovar chiqishlar, ansambl va xor jamoasi a’zolari ishtirokidagi chiqishlar, shuningdek, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar va iqtidorli talabalar ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi.

    Barcha yurtdoshlarimizni, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarni ushbu bayram tadbiriga taklif etamiz. Barcha mard va jasur yurt o‘g‘lonlariga yaqinlashib kelayotgan bayram muborak bo‘lsin!