Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili munosabati bilan talaba-yoshlar takliflar va mulohazalarini o'rganish maqsadida joriy yilning 10 yanvar kunida Toshkent davlat pediatriya institutida  uchrashuv tashkil etildi.

    

    Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i M.Boysariyev  tashrif buyurib, “Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    

    Maqsad har bir yoshning muammosini o‘z vaqtida hal qilish, ularning noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishlarining oldini olish va bilib-bilmay xato qilganlarni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish ekanligi ta'kidlandi hamda savollarga javob berildi.