Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga bag‘ishlangan eng yaxshi infografika, grafika, fotoslayd tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Tanlovga jami 46 ta oliy ta’lim muassasasidan 63 ta ijodiy ish qabul qilindi. Ijodiy ishlarni xolis va adolatli baholab borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbeksiton Badiiy akademiyasi hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasidan ekspertlar guruhidan iborat Hakamlar hay’ati tuzildi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
“Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Ibrohimov Abbosbek — NamDU talabasi;
2-o‘rin: Mamadaliyev Temur — TDYU talabasi;
3-o‘rin: Abdumutalipova Shahrizoda — NamDPI talabasi.
“Eng yaxshi grafika” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Mahmudov Muhammadsodiq — ADU talabasi;
2-o‘rin: Qodiraliyev Mirabbos — AIQI talabasi;
3-o‘rin: A’zimov Mirshod — BuxDPI talabasi.
“Eng yaxshi fotoslayd” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Qudratova Dilafruz — USAT talabasi;
2-o‘rin: Xurramov Lochinbek — TDPU talabasi;
3-o‘rin: Kamolova Odina — NamDPI talabasi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari mos ravishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining I, II va III darajali diplomi hamda 1-o‘rin 2.5 million so‘m, 2-o‘rin 2 million so‘m va 3-o‘rin 1.5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!