#JARAYON
#SAYYOR_QABUL
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI
Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’suli, Navoiy viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i va Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ishtirokida Navbahor tuman kasb-hunar maktabida sayyor qabul tashkil qilindi.
Oliy va professional ta'limga oid o'quvchilar va ularning ota-onalarini murojaatlari hamda ta'lim muassasasidagi o'qituvchilarning takliflarini tingladi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar bir ta'lim muassasasidan ikkinchi ta'lim muassasasiga o'qishni ko'chirish va davom ettirish, ishga qabul qilish,hamda boshqa masalalarda muammolar va takliflarini bildirishdi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, o‘rganish va mudddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi hamda nazoratga olindi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!