Yoshlar forumi doirasida markazda rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida fikr almashdi.
Uchrashuv davomida markazda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, turli tanlovlar va loyihalar, klublar faoliyati haqida yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, yoshlarni fikr va takliflari tinglandi. Markazning o‘z oldida qo‘ygan kelajakdagi rejalari aytib o‘tildi.
Ochiq muloqot yakunida markaz rahbari barcha tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi va uchrashuvda faol ishtirok etgan yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi. Kitoblarni direktor o‘rinbosari Fozilbek Farhodov topshirdi.
Shundan so‘ng uchrashuv “Karaoke party” bayram dasturiga ulanib ketdi. Zalga qorbobo va qorqiz tashrif buyurib, turli qiziqarli o‘yinlar o‘tkazdi va g‘oliblarga sovg‘alar ulashdi. Iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. “Karaoke party”ga tashrif buyurgan barcha qatnashchilar yuqori kayfiyatda, birgalikda jo‘r bo‘lib, qo‘shiqlar kuylashdi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!