Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yil talabasi – 2023” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichiga topshirilgan hujjatlarni saralash jarayonlari boshlandi.

    

    Oliy taʼlim muassasalaridan birinchi bosqichda ishtirok etib eng yuqori natijalarga erishgan 570 ta nomzodlarning ishlari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun qabul qilindi. Har bir nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi 7 nafar talaba keyingi bosqichga o‘tkazilishi kerak.

    

    Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda:
        🔹 1. Madaniyat vazirligi
        🔹 2. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
        🔹 3. Yoshlar ishlari agentligi
        🔹 4. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
        🔹 5. Fanlar akademiyasi
        🔹 6. Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi
        🔹 7. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
        🔹 8. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi