Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshliqlari hamda dekan o‘rinbosarlari uchun onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi!

    

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sonini kamaytirish hamda OTMlarda ishlayotgan mutasaddilar faoliyati uchun zaruriy tavsiyalar berish maqsadida respublikadagi barcha OTMning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, shuningdek, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

    

    Seminar-treningda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov hamda bir qator yetakchi oliy ta‘lim muassasalari prorektorlari, jumladan, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Husanov, INHA universiteti prorektori T.Tursinmurodov, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori X.Qurbonov, Buxoro davlat universiteti prorektori A.Amonov, Namangan davlat universiteti prorektori N.Dehqanov hamda Samarqand davlat chet tillar institutidan O.G‘aybullayevlar tomonidan tajribalaridan kelib chiqqan holda ma’ruza qilib, kerakli ko'rsatma va tushunchalar berildi.