Markaz rahbari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Ravshanbek Xudayberganov dissertatsiya himoyasida ishtirok etish hamda Samarqand viloyatidagi talabalar turar joylarini qishki mavsumga tayyorgarlik holati va TTJda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida 12-dekabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida SamDU ilmiy kengashining yig‘ilishida Tursunov Baxtiyor Temurovichning “Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoshlar qalbiga singdirishda sinergetik metodologiyaning o‘rni” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori (phD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda R.Xudayberganov rasmiy opponenet sifatida ishtirok etdi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidagi OTMlar, jumladan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalar turar joylaridagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi. Xususan TTJda “Besh tashabbus xona”larining tashkil etilganligi va faoliyati o‘rganildi. Bundan tashqari institutda tashkil etilgan “Ro‘zg‘or maktabi”, “Yoshlarni oilaga psixologik tayyorlash” to‘garagi hamda “Qalqon” guruhi faoliyati bilan tanishildi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!