Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Inson huquqlari sohasidagi samarali faoliyat munosib e’tirof etildi!

    
 

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan 2023-yil davomida inson huquqlari sohasida faol va samarali hamkorligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

    Ushbu e’tirofga erishishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-siyosiy va huquqiy-profilaktik tadbirlarni tashkil etishda va bu orqali talaba-yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining hissasi katta. Shu sababli, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan berilgan tashakkurnomani Ijtimoiy-siyosiy faollik va huquqiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Mansur Boysariyev qabul qilib oldi.

    Taqdirlash marosimi 10-dekabr “Inson huquqlari kuni” munosabati bilan tashkil etildi. Ushbu yutuqga erishishga o‘z munosib hissasini qo‘shgan barcha xodimlarga omad va zafarlar tilaymiz.