Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ yakunlandi!

    Toshkent shahrida tahsil oladigan 400 ga yaqin talaba-yoshlarni qamrab olgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan sportning stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“da g‘oliblar aniqlandi.

    🏆Talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
        🔹1-o‘rin: Zulayho Zafarjonova, Renessans universiteti talabasi
        🔹2-o‘rin: Na’muna Yusupova, O‘zMU talabasi
        🔹3-o‘rin: Marjona Turayeva, Puchon universiteti talabasi

    🏆Talaba-yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
        🔹1-o‘rin: Ulug‘bek Sobitaliyev, O‘zDJTSU talabasi
        🔹2-o‘rin: Abdusomad Saidov, KIUT talabasi
        🔹3-o‘rin: Mirshavkat Mirabdullayev, TDIU talabasi

    G‘oliblarga I, II va III darajali diplomlar hamda smart soat, quloqchin va airpods sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov topshirib, kelayotgan 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ bilan barchani tabrikladi.