Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda  “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

    Mazkur konferensiyada Zoom ilovasi orqali, onlayn tarzda Respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Konferensiya davomida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, Yoshlar Parlamenti raisi Sh.Joldasheva, TDYU birinchi prorektori A.Xashimhonov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi T.Poyonov hamda iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari orqali Yangi Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi ahamiyati, yoshlar huquqlari va xalqchil davlat qurishdagi o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

    Konferensiya yakunida ishtirokchilar bilan Konstitutsiyaga oid savol-javob tashkil etildi. Berilgan savollarga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan talabalar esa tashkilotchilar tomonidan sertifikat va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.