Oliy ta’lim tashkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovning ilk saralash bosqichi mart-aprel oylarida respublikamizning barcha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazildi va keyingi bosqichlarda oliygoh sharafini himoya qiluvchi jamoalar aniqlab olindi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning hududiy bosqichlari aprel-may oylarida tashkil etiladi va yakuniy final bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. Final g‘oliblari esa noutbuk, planshet va smart televizor kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.





So'nggi yangiliklar
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi
Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi
Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
OʻzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 1-bosqichi yakunlanmoqda!
Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi