Loading...

Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida chim ustida xokkey boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur nufuzli sport tadbiri 2026-yil 7–9-aprel kunlari Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

Joriy yilda ushbu musobaqa dasturiga ilk bor chim ustida xokkey yoʻnalishi kiritilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur sport turi tezkorlik, aniqlik va jamoaviy uygʻunlikni talab qilishi bilan yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Musobaqada respublika boʻylab 9 ta oliy taʼlim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, 100 nafardan ortiq talaba-qizlar jalb etildi.