Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy bosqichda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat NazarX jamoasi Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan xalqaro final bosqichida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mazkur nufuzli xakatonda dunyoning 23 davlatidan jami 391 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki bosqichida jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. O‘zbekiston jamoasi o‘z guruhida Tayvan, Fransiya, Qozog‘iston va Marokash vakillari bilan bellashib, yuqori natijalar qayd etdi hamda guruh g‘olibi sifatida yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Yarim final natijalariga ko‘ra, NazarX jamoasi o‘z guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritib, Grand final bosqichiga yo‘l oldi. Finalda eng kuchli 5 ta jamoa ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan modulli sun’iy yo‘ldosh loyihasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, mamlakatimiz yoshlarining kosmik texnologiyalar, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yaqqol namoyon etdi.
Ushbu natija bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.



So'nggi yangiliklar
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi
Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi
Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
OʻzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 1-bosqichi yakunlanmoqda!
Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi