Loading...

OʻzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
 

6-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 3-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti  yuzasidan axboroti tinglandi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov axborot berdi. U oʻz chiqishida davlat rahbariga taqdim etilgan takliflar mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda tizimni tubdan yangilashga qaratilgan asosiy yoʻnalishlar haqida batafsil toʻxtaldi.

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi. Shu bilan birga, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy bogʻlash va taʼlim hamda tadqiqot integratsiyasini kuchaytirish dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.