Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Nukus shahridagi 1-son texnikumida boʻlib, oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari hamda taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida zamonaviy laboratoriya va ustaxonalarda yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirilib, oʻquv jarayonining amaliyot bilan uygʻunligi alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, uchrashuvlarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi. Texnikumda Pearson xalqaro taʼlim dasturlari asosida 5 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanayotgani qayd etildi.
So'nggi yangiliklar
Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi
Talabalar sportiga qaratilgan yana bir yirik loyihaga start berildi!
Nukus shahrida “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi!
Nukusda “Talabalar bahori” festivaliga start berildi!
“Talabalar bahori” – ilhom, tarix va tabiat uyg‘unligi!
“Talabalar bahori” festivalining ilk kuni “Zakovat Quiz” o‘yini va madaniy kecha bilan yakunlandi.