Nukusda “Talabalar bahori” festivaliga start berildi!

Mazkur festivalga respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim tashkilotlaridan 250 ga yaqin faol talaba-yoshlar tashrif buyurgan. Bugun ular Qoraqalpoq davlat universiteti tadbirlar zaliga jamlanib, festival davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng festival ishtirokchilari Mo‘ynoq tumani tomon yo‘l olishdi. Bu joyda bir vaqtlar Orol dengizi bag‘rida suzgan ulkan kemalar “Kemalar qabristoni”da sahro bag‘rida tarixiy xotira timsoli sifatida qad rostlab turibdi. Ushbu maskan yoshlarga nafaqat o‘tmish haqida tasavvur beradi, balki ekologik muammolar va tabiatni asrash zarurati haqida ham chuqur o‘ylashga undaydi.

“Talabalar bahori” festivali doirasidagi bunday puxta rejalashtirilgan dasturlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning do‘stona muloqotini mustahkamlash hamda unutilmas taassurotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi
Talabalar sportiga qaratilgan yana bir yirik loyihaga start berildi!
Nukus shahrida “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi!
Nukusda “Talabalar bahori” festivaliga start berildi!
“Talabalar bahori” – ilhom, tarix va tabiat uyg‘unligi!
“Talabalar bahori” festivalining ilk kuni “Zakovat Quiz” o‘yini va madaniy kecha bilan yakunlandi.