Loading...

“Talabalar bahori” – ilhom, tarix va tabiat uyg‘unligi!

Festival doirasida talaba-yoshlar Mo‘ynoq tumaniga sayohat qilib, “Kemalar qabristoni”, Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Nukus shahridan naq 220 kilometr masofada joylashgan ushbu manzilga sayohat unutilmas taassurotlar ulasha oldi.

     

Ishtirokchilar sayohat orqali 1960-yildan buyon suvi kamayib borayotgan Orol dengizining cheksiz suvlari aslida qanchalik bepoyon bo‘lganini his qilishdi. O‘zida ko‘p yillik tarixni saqlayotgan ulkan kemalarni tomosha qilib, Orol dengizi tarixi bilan yaqindan tanishishdi. 

    

 Ushbu maskanga sayohat bugungi ekologik muammolar, xususan, Orol fojiasining saboqlari haqida chuqur o‘ylashga undaydi, hozirgi kunda olib borilayotgan tiklash ishlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

“Talabalar bahori” festivali bugun Qoraqalpoq davlat universitetida “Sumalak party”, “Zakovat” intellektual o‘yini va kechgi madaniy tadbirlar bilan davom etadi.