Loading...

“Talabalar bahori” festivalining ilk kuni “Zakovat Quiz” o‘yini va madaniy kecha bilan yakunlandi.

Mo‘ynoq sayohatidan so‘ng, Qoraqalpoq davlat universitetida “Sumalak sayli” boshlanib ketdi, universitet hududida o‘tovlar qad rostlay boshladi.

       

☑️Respublikamiz bo‘ylab Nukus shahriga tashrif buyurgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ga yaqin jamoalar o‘zaro bellashdi. Sumalak atrofida esa madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar, jumladan “DJ shou” tashkil etildi. Talabalar miriqib raqsga tushib, quvnadilar.

       

🔖 Bugun festival doirasida Nukus davlat pedagogika institutida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqolalar va insholar tanlovining final bosqichi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliygohlarda Navro‘z sayllari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.