Loading...

O‘qituvchilar malakasini oshirish

 Talabalar va maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun muntazam ravishda zamonaviy malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi.

         

 Dastur Toshkent shahrida tyutorlarni kunduzgi o‘qitishni va hududlarda tyutorlarni masofaviy o‘qitishni nazarda tutadi. Treninglar davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar rahbarligida ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, keyingi faoliyatida foydali bo‘ladigan ko‘nikmalarni mustahkamlaydilar.

Markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizimli ta’lim jarayonlari o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga, yoshlar bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirishga, shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.