“Jadidlar haqida insholar” tanlovi final bosqichi – SAMDUda!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar haqida insholar” (https://t.me/yoshlareduuz/20823) tanlovining yakuniy final bosqichida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining g‘olib talabalari ishtirok etdi. Finalni markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ushbu tanlovning yoshlar bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Final bosqichida 70 dan ortiq ishtirokchi 1 soat vaqt davomida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” va “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insho yozdilar. Barcha insholar tashkilotchilar tomonidan shifrlanib, Hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m va 3-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan tantanali taqdirlanadi.
So'nggi yangiliklar
O‘qituvchilar malakasini oshirish
“Jadidlar haqida insholar” tanlovi final bosqichi – SAMDUda!
Samarqand davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish tadbiri o‘tkazildi.
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i professorlik unvoniga sazovor bo‘ldi
Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari diqqatiga!