Loading...

 Samarqand davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ishtirokida Samarqand davlat universitetining faol talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar hamda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan yil davomida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan 20 dan ortiq tanlovlar, jumladan “Yilning eng faol talabasi”, “Yurtim qadriyatlari”, “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovlar hamda markaz faoliyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Har bir tanlovning maqsadi, ishtirok etish tartibi, talabalarga beriladigan imkoniyatlar va yutuqlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Samarqand davlat universiteti qoshidagi Zoologiya muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, muzeyda saqlanayotgan noyob hayvonot olamiga oid eksponatlar, biologik xilma-xillikni o‘rganishga xizmat qiluvchi kolleksiyalar bilan yaqindan tanishdilar.