Loading...

 “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish tadbiri o‘tkazildi.

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov boshchiligida markaz hududida ekologik barqarorlik va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekish tadbiri o‘tkazildi. 

       

Tadbir davomida talabalar, markaz xodimlari va ijtimoiy faollik bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ishtirok etib, atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik ongni oshirish yo‘nalishida amaliy hissa qo‘shdilar.

      

 Markaz rahbari Abdumalik Akramov tadbirning ahamiyatini ta’kidlab, shunday loyihalar orqali yoshlar orasida ijtimoiy faollik va ekologik madaniyatni shakllantirishning muhimligini qayd etdi.

 “Yashil makon” loyihasi – bu nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki yoshlar orasida ekologik ong va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi keng ko‘lamli tashabbusdir.