Loading...

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i professorlik unvoniga sazovor bo‘ldi

 Ko‘p yillardan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida samarali faoliyat olib borayotgan olima, ko‘p yillik tajribaga ega ustoz Muhabbat Mirsoliyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Ushbu yuksak unvon uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati hamda yosh kadrlarni tayyorlashdagi samarali mehnatining e’tirofi sifatida taqdim etildi.
Professor uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqotlar olib borib, ilm-fan sohasida salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. U ko‘plab ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va tadqiqot ishlari muallifi hisoblanadi. Shuningdek, yosh olimlar va talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

         
   
Ushbu  unvonining berilishi nafaqat olimaning shaxsiy yutug‘i, balki ilmiy jamoa va ta’lim tizimi uchun ham muhim voqea hisoblanadi. Bu e’tirof ilm-fan rivojiga xizmat qilayotgan fidoyi olimlarning mehnati yuqori baholanayotganidan dalolat beradi.
  
Professor Muhabbat Mirsoliyevaga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.