Loading...

TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi

Hukumatning “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi qarori (88-son, 02.03.2026-y.) qabul qilindi.

šŸ”°Mazkur nizom Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish hamda uni qaytarish tartibini belgilaydi.

šŸ“ Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan 30 yoshda bo‘lgan) hamda pedagoglarga ajratiladi:

- QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha TOP–300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.

Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun ajratiladi.

šŸ”¹Kredit miqdori 1 o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

šŸ”¹Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

šŸ“‘ Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

āž– ariza;
āž– shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
āž– taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
āž– akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
āž– to‘lov-kontrakt shartnomasi hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
āž– birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari to‘g‘risida ma’lumot;
āž– mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).

āœ… Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.