Loading...

Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni  (https://president.uz/oz/lists/view/8982)(PF–33-son, 03.03.2026-y.) qabul qilindi. 

 šŸ”°Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalar uchun oliy ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

ā˜‘ļø 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:

šŸ”˜kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi;
šŸ”˜ fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha muddat beriladi hamda zarur tashkiliy va akademik shart-sharoitlar ta’minlanadi.

 ā–¶ļø Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritadi:

āž– homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga akademik ta’til davrida, ularning xohishiga ko‘ra, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini yaratish;
āž–masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlarini kengaytirish orqali mazkur toifadagi talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
āž– akademik ta’tilga chiqqan, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar hamda yosh onalar bo‘yicha alohida statistik ma’lumotlar yuritish.