Abdumalik Akramov Andijon oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan muloqot qildi

Yoshlar kuni hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar, ayniqsa talaba-qizlarning iqtidorini namoyon etish, ularning faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida an’anaviy “Nafosat malikasi – 2026” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda institutning 5 ta fakultetidan saralangan iqtidorli talaba-qizlar bir nechta shartlar asosida o‘z bilimlari, sahna madaniyati, ijodiy qobiliyati va zukkoliklarini namoyish etdilar.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar hamda “Qizlar forumi” tashkil etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Shuningdek, tashrif davomida institutning Simulyatsiya va akkreditatsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirlar davomida yoshlarning ma’naviy kamoloti, talaba-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
So'nggi yangiliklar
TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi
Abdumalik Akramov Andijon oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan muloqot qildi
Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi.