Loading...

Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 1-soniga maqolalar qabul qilish boshlandi.

Mazkur jurnal Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 01-08/7801-sonli xatiga muvofiq pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha milliy, ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan.

Jurnalga quyidagi yo'nalishda maqolalar qabul qilinadi:
Yoshlar va ilm-fan yo'nalishidagi ommabop maqolalar;
Ilmiy maqolalar (pedagogika, psixologiya, texnika, tabiiy va ijtimoiy fanlar)

Maqola talablarini ko‘rish (https://drive.google.com/file/d/17hNsHgSFSuw2Giia27s1MeaO0tsZ_2KT/view?usp=sharing)

Maqolalar 2026-yil 25-mart sanasiga qadar qabul qilinadi va tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
ommabop maqolalar @yoshlar_va_ilmfan_bot orqali;
ilmiy maqolalar @Science_qabul2 (tel: 50-055-1705) profili orqali qabul qilinadi.

O‘z izlanishlaringiz natijalarini biz bilan bo‘lishing va ularni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga shoshiling!